“Barselona” yulduzidan jamoadan ketishni so‘radi!

  • 14 iyul, 2022, 19:16
  • 0
  • Futbol

“Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong tez orada Kataloniyadan ketishi kerak bo‘ladi.

Klub mutasaddilari futbolchining transferi bo‘yicha “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishib bo‘lgani aytilmoqda.

Niderlandiyalik yulduz esa bir necha bor manchesterliklar safiga o‘tishga qarshi ekanini ta’kidlagan. Shunga qaramay, kataloniyaliklar o‘z futbolchisi transferidan mo‘may daromad ishlab olish uchun “Manchester Yunayted” taklifini qabul qildi.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Barselona” rahbariyati Frenki De Yongdan jamoadan ketishni so‘ragan. Bu o‘yinchining maoshi kattaligi jamoaga boshqa o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini bermayapti.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag uchun Frenki de Yong muhim figura hisoblanadi. Niderlandiyalik mutaxassis o‘zi bilan “Ayaks”da ishlagan futbolchini atrofida manchesterliklarning yangi tarkibini shakllantirishga qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!