
"Barselona" yulduzlaridan biri boshqa jamoaga o‘tishiga bir qadam qoldi. U tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini sobiq jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, xorvatiyalik xavbek "Sevilya"ga qaytdi. 2014 yili andalusiyaliklar safini tark etgan Rakitich yana "Sevilya"ga qaytmoqda. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Ivan Rakitich La Ligada 2012-2014 yillar "Sevilya" safida to‘p tepgan bo‘lsa, shundan so‘ng shu paytgacha "Barselona" libosini kiygan.
Fikrlar