"Barselona"da hech kim bu ishni uddalay olmagan edi

  • 28 fevral, 2022, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele kecha "Atletik" Bilbaoga qarshi o‘yinda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va ajoyib tarzda kirishib ketdi.

Frantsiyalik iqtidor egasi ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonga tushdi va Frenki de Yongning uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bundan tashqari u o‘yin yakuniga qadar Lyuk de Yong va Memfis Depayning gollariga assistentlik ham qilishga ulgurdi.

E’tiborlisi, Dembele XXI asrda zaxiradan maydonga tushgan va birdaniga jamoasining uchta goliga hissa qo‘shgan “Barselona”ning birinchi futbolchisiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!