
“Barselona”ga raqobatchi paydo bo‘ldi
"Barselona" ancha vaqtdan beri "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda. Ammo portagaliyalik uchun kurashda “ko‘k-anorranglilar”ga raqobatchi paydo bo‘ldi. Jurnalist Adrien Grenening yozishicha, Frantsiyaning PSJ klubini ham Bernardu borasida muzokara boshlashga tayyor.
Parij klubi futbolchi uchun taxminan 80-85 million evro to‘lashga tayyor. Avvalroq, “shaharliklar” Silvani kamida 100 million sotishga tayyor ekanligi xabar qilingan edi.
Silva o‘zi "Barselona"ga o‘tishga qarshi emasligini aytdi, ammo u "Manchester Siti"da yana bir mavsum qolishni istamoqda. Hozircha futbolchining o‘zi PSJga o‘tishni istayaptimi yoki yo‘qligi ma’lum emas.
Fikrlar