“Bavariya” hech qaysi jamoa qila olmagan ishni uddaladi

  • 04.10.2023 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turida “Bavariya” bir o‘yinda ikkita rekord qayd etdi.

Tomas Tuxel shoirdlari Daniyaga safar qilib, “Kopengagen” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa, “Bavariya” qit’aning eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichlarida mag‘lubiyatsiz o‘yinlari seriyasini 36 taga etkazdi.

Bu yangi rekord hisoblanadi.

Bundan tashqari, myunxenliklar Chempionlar ligasi guruh bahslarida ketma-ket 15 marotaba g‘alaba qozondi. Bu ham rekord natija sifatida turnir tarixiga kirtildi.

“Bavariya” ushbu musobaqaning guruh bosqichidagi so‘nggi mag‘lubiyatini 2017 yili PSJdan qabul qilib olgandi. Shundan beri Bundesliga granda 33 ta g‘alaba va uchta durang qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!