“Bavariya”: Ukol olmasang, o‘zingdan ko‘r!
Bild nashrining xabar berishicha, “Bavariya” rahbariyati koronavirusga qarshi vaktsina olishdan bosh tortayotgan yarim himoyachi Yozua Kimmixni jazolamoqchi. Agar futbolchi vaktsinatsiyadan bosh tortsa, klub uning maoshini kesadigan bo‘lyapti.
Belgilangan tartibga ko‘ra, klub 26 yoshli futbolchi karantinda o‘tkazgan vaqt uchun maosh to‘lamaslik huquqiga ega. Ya’ni, “Bavariya” hozirning o‘zida futbolchi maoshidan 384 ming evro ushlab qolishi mumkin.
Joriy yilning 1 noyabridan Germaniya parlamenti ish beruvchi vaktsinatsiyadan o‘tmasdan, virus yuqtirib, karantinga tushgan xodimga o‘sha muddat uchun maosh to‘lamaslik imkonini beradigan qonun qabul qildi.

Fikrlar