
“Bavariya” yangi murabbiyni rasman tanishtirdi
Myunxenning "Bavariya" klubi Niko Kovachni rasman klubning yangi bosh murabbiyi etib tanishtirdi.
Jamoa rahbaniyati bu haqda 13 aprel kuni xabar qilgan edi.
Ushbu mutaxassis o‘tgan mavsumda Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasini boshqargan va Bundesligada 8-o‘rinni egallagan. Yupp Xaynkes boshchiligidagi myunxenliklar esa Germaniya chempioniga aylangan.
Kovach Myunxen klubida 2001-2003 yillarda to‘p surgan.
Fikrlar