"Bavariya" zo‘r futbolchini tekinga qo‘lga kiritadigan bo‘ldi

  • 17.04.2020 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Leverkuzenning "Bayer" klubi yarim himoyachisi Charles Arangis katta ehtimol bilan faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradi.

Radio Futuro muxbiri Xuan Ignasio Abarki tarqatgan xabarga qaraganda, myunxenliklar 30 yoshli chililik futbolchining transferi masalasida kelishuvga erishishgan. Biroq, hozircha shartnoma bandlari oshkor etilmayapti.

Arangis “Bayer” safini 2015 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. Uning “dorishunoslar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u “Bavariya”ga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shiladi.

Charles Arangis bu mavsum “Bayer” safida jami 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!