Ronaldу Oʻzbekiston bilan oʻyindagi "dahshatli" rekordga qanday munosabat bildirdi
Jahon chempionati saralashi doirasidagi navbatdagi oʻyindan soʻng Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning oʻzining yana bir tarixiy yutugi haqida fikr bildirdi.
Oʻzbekistonga qarshi bellashuvda yirik 5:0 hisobida yakunlangan gʻalabali uchrashuvda 41 yoshli hujumchi dubly qayd etdi va shu tariqa jahon chempionatlari tarixida oltita mundialda gol urgan yagona futbolchiga aylandi.
- Rekordlarni yangilash men uchun har doim yoqimli. Lekin asosiy maqsadim — milliy jamoamizga oʻz oldiga qoʻygan vazifalarni bajarishda yordam berish, — dedi Krishtianu Ronaldo oʻyindan soʻng.
Nashr Krishtianu Ronalduning shaxsiy sahifasidagi ushbu oʻyinga oid postini ham esga olgan.
jahon futbolida eng koʻp gol urgan portugalialik yulduz Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi oʻyindan keyingi his-tuygʻulari haqida ham gapirib berdi.
Ronaldu ushbu oʻyinda ikki gol urdi va dublini qayd etdi. Uchrashuv tugagach, u kamera tomon qarab: «Men qaytdim!» deya baland ovozda bayonot berdi.
- Nega kameraga baqirdim? Chunki odamlar buni unutmasligi kerak. Bilamanki, kimki tinmay mehnat qilsa, Xudo unga yordam beradi. Bu hafta ogʻir oʻtdi, kayfiyat ham yaxshi emasdi, hammasi gʻoy men futboldan butunlay ketgandek boshlandi. Lekin men har doimgidek chidamli boʻldim, chunki mehnatga futbolning oʻzigʻa qaraganda koʻproq ishonaman. Oson boʻlmadi, buni tan olishim kerak, ammo biz yana maydonga qaytdik, — dedi Krishtianu Ronaldo.
Portugaliyaning yirik gʻalabasiga Ronalduning ikki goli, shuningdek Nunu Mendes va Rafael Leau tomonidan urilgan toʻplar sabab boʻldi. Yana bir gol esa oʻzbekistonlik darvozabon Abduvohid Neʼmatov hisobiga avtogol sifatida qayd etildi.
"K" guruhidagi soʻnggi tur esa 28 iyun tonggi, Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da boshlanadi. Unda Oʻzbekiston futbolchilari Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasiga qarshi toʻp suradi. Portugaliya esa Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ikkala oʻyin ham bir vaqtda start oladi.

Fikrlar