Bektemir Meliqo‘ziev bilan hamkorlik qilayotgan promouter UFC vakiliga qarshi jang qiladi
Professional boksda olti divizion sobiq chempioni, hozirda “Golden Boy” promouterlik kompaniyasining prezidenti Oskar De La Xoyya UFC yarim o‘rta vazn toifasida sobiq chempion Tayron Vudliga qarshi boks qoidalariga asoslangan jang o‘tkazishi mumkin.
Bu haqda UFCning sobiq jangchisi Ben Askren ma’lum qildi. Oldinroq, De La Xoyya 3 iyulda ringga qaytishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev Oskar De La Xoyaga tegishli bo‘lgan “Golden Boy” promouterlik kompaniyasi bilan qo‘shimcha shartnomaga ega hisoblanadi.

Fikrlar