Belarus chempionati. Legionerimizning jamoasi iroda ko‘rsatdi

Bugun Belarus chempionatida 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan BATE jamoasi bu tur safarda "Minsk" klubi mehmoni bo‘ldi va 0:2 hisobida ortda borgan holda, so‘nggi 10 daqiqada 2 ta to‘p kiritib, durangga erishdi.

Hamyurtimiz bellashuvni zaxirada boshladi va 57-daqiqada maydonga tushdi. Mazkur natijadan so‘ng borisovliklar hisobidagi ochkolar soni 8 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!