Bellingem uzoq vaqt “Real”ga yordam berolmaydi

  • 15.05.2025 09:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” etakchilaridan Jud Bellingem joriy mavsum yakunlanganida elkazidagi jarohatini operatsiya qildirishga majbur bo‘ladi.

Marca nashrining xabar berishicha, ayni paytda angliyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini qachon o‘tkazish bo‘yicha bir qarorga kelishi kerak.

Agar Bellingem chempionat yakunlanishi bilan shifokorlarga murojaat qilsa, kelasi mavsumning dastlabki turlarigacha mashg‘ulotlarga qaytadi. Biroq bu holatda Jud 15 iyunda boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Bellingem yangi formatda tashkil etiladigan bu muhim turnirda qatnashishni tanlasa, operatsiya “Real” ishtirokini to‘xtatganidan keyin amalga oshiriladi. Bu holatda jamoa etakchisi La Liganing yangi mavsumida bir necha tur o‘yinlarida maydonga tushmaydi.

Ta’kidlash joizki, 21 yoshli futbolchini bu jarohat 2023 yilning noyabridan beri bezovta qilib keladi. O‘shanda Jud “Rayo Valkano”ga qarshi bahsda elkasini shikastlab olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!