Bellingem Zidanning merosini davom ettirish niyatida!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" futbolchisi Jud Bellingem klub afsonasi Zinedin Zidan haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Zidan - tarixdagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri. Umid qilamanki, uning raqami ostida Zinedinning "Real"dagi merosini davom ettira olaman. 

Ayniqsa, uning "Bavariya"ga urgan goli hamon ko‘z o‘ngimda turibdi. Bu kabi afsonalar to‘p tepgan jamoa sharafini himoya qilish men uchun sharaf!", - dedi angliyalik futbolchi.

Ma’lumot o‘rnida, Jud joriy mavsum La Liganing 14 o‘yinida 12 gol va 2 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!