Benzema "Real"dan ketishi haqidagi xabarlarga: "Internetdagi gap-so‘zlar quruq safsata!"

  • 1 iyun, 2023, 22:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid futbolchisi Karim Benzema klubni tark etishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi. U "Marca" nashrining "Marca Leyenda" (yilning eng yaxshi sportchisi uchun beriladigan mukofot) topshirish marosimida bu haqda gapirib o‘tdi.

""Real" muxlislarining meni qanchalik yaxshi ko‘rishlarini yaxshi bilaman. Buni maydonda ekanimda his qilib turaman. Jamoa, muxlislar uchun doim bor kuchim bilan harakat qilganman. Men doim "Real" nafaqat 11 futbolchi bilan, balki muxlislari bilan maydonda to‘p tepishini aytib kelganman!

Faoliyatim bilan faxrlanaman. Bu klub bilan shartnoma imzolaganimda 21 yoshda edim. Men faqat rohatlanish va sovrinlar yutish haqida o‘ylardim. Yakunda esa jamoa bilan hamma narsani qo‘lga kiritdim. 

Madrid muxlislariga gaplarim bormi? Nima haqida? Men shu erdaman va kelajak haqida gapirishning vaqti emas, deb hisoblayman. Ketishim borasidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shanba kuni o‘yinimiz bor. Diqqat-e’tiborni shunga qaratganman. Internetdagi gap-so‘zlar esa quruq safsata!", - dedi frantsiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!