Bilasizmi? "Manchester Siti" so‘nggi 9 yilda transferlar uchun barchadan ko‘p pul sarflagan

  • 5 sentabr, 2018, 15:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shveytsariyaning CIES Football Observatory kompaniyasi 2010 yildan to 2018 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan jami transferlarni hisoblab chiqdi.

Tecno

Unga ko‘ra Evropa jamoalari orasida Angliyaning "Manchester Siti" klubi yangi futbolchilar sotib olish uchun hammadan ko‘p xarajat qilgani ma’lum bo‘ldi. “Shaharliklar” o‘tgan 9 yil ichida transferlarga jami 1,47 milliard evro sarflab yuborishgan.

Bu borada keyingi o‘rinlarda  "Chelsi" (1,31 mlrd), "Barselona" (1,258 mlrd), PSJ (1,242 mlrd) va "Manchester Yunayted" (1,102 mlrd) kabi jamoalar qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!