
Bilasizmi? "Qizilqum" O‘zbekiston kubogida "Paxtakor"ga bitta gol urgan xolos
"Paxtakor" O‘zbekiston Kubogi chorak finalida "Qizilqum" bilan bahs olib boradi.
Navoiy jamoasi avvalgi bosqichda "Bunyodkor"dan 3:1 hisobida ustun keldi. O‘yinni jamoalardan diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradigan futbolchilar yo‘q.
O‘zbekiston Kubogida jamoalar uch bor to‘qnash kelgan. 1995 yil nimchorak finalda "Paxtakor" Toshkentda 7:0, Navoiyda 3:0 hisobida zafar quchgan. 2001 yil chorak finalda esa, safarda "she’rlar" 4:1 hisobida g‘alaba qozongan. Hozirgacha o‘tgan uch o‘yinning barchasida "sherlar" yirik hisobda muvaffaqiyatga erishgan. O‘zaro o‘yinlarda Rustam Do‘rmonov 5 gol urgan bo‘lsa, Leonid Koshelev hisobiga 2 gol yozilgan.
"Paxtakor" va "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi chorak final o‘yini bugun "Paxtakor" stadionida soat 13:00da boshlanadi.
Fikrlar