Tig‘ tagida qolgan van Deykning vasiyati

  • 04.06.2020 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dunyoning eng zo‘r himoyachisi Virjil van Deyk boshidan o‘tkazgan eng og‘ir kunlari haqida gapirib berdi. Futbolchi 20 yoshligida o‘tkir appenditsit bilan kasalxonaga tushib, tig‘ tagiga yotishgan majbur bo‘lgan va bu kasallik zo‘rayishi oqibatida peritonit va buyrak infektsiyasiga ham yo‘liqqan.

Tecno

- O‘zimga kelganimda atrofimda turli tibbiyot jihozlarini ko‘rdim. Tanam siniqqan, hech narsa qilolmas edim. O‘sha paytda eng yomon xayollar chulg‘ab oldi. Hayotim xavf ostida edi. Onam bilan suhbatlashgandan so‘ng, men vasiyatnoma hujjatlarini imzolab berishim kerak edi. Nima bo‘lishini hech kim bilmasdi. Holatim o‘lib bilan tugashi mumkin edi. 13 kun kasalxonada yotdim, yurolmasdim, - deydi van Deyk.  

Ana shunday qiyinchiliklarni engib o‘tgan 28 yoshli futbolchi bugun zamonaviy futbolning eng zo‘r himoyachisiga aylangan. Virjil joriy mavsumda “Liverpul” tarkibida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va chempionlikka tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yana eski savol ko‘tarildi: Messi zo‘rmi yo Ronaldu? Javob original bo‘ldi

Zidanning omadi chopdi. Hamma talashayotgan super futbolchi “Real”ni tanladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!