
Biz “Manchester Yunayted” tarixidagi eng rasvo jamoamiz!
Angliya Premer-ligasining 22-turida “Manchester Yunayted” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Brayton”dan 1:3 hisobida engildi.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ruben Amorim keskin fikr-mulohazalarni bildirdi.
- Biz “Manchester Yunayted” tarixidagi eng rasvo jamoamiz. Siz jurnalistlarga o‘tkir sarlavhalar kerak, shuning uchun biz buni boricha qabul qilishimiz va tezroq o‘zgartirishimiz kerak. Mana sizlarga zo‘r sarlavha topib berdim, - dedi Ruben Amorim.
22-tur uchrashuvian keyin jami 26 ochkoga ega bo‘lgan “Manchester Yunayted” musobaqa jadvalida 13-pog‘onada bormoqda. Mashhur klub kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasligi tobora oydinlashib boryapti.
Fikrlar