Bizni ham charchatishdi! Mbappening "Real" bilan kelishib olgani haqidagi xabarlar rad etildi

  • 8 yanvar, 2024, 19:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ futbolchisi Kilian Mbappening yozda "Real" safiga ko‘chib o‘tishi deyarli aniq ekani borasida xabar bergan edik. Biroq bu kabi xabarlar Parij klubi vakillari tomonidan rad etildi. 

Jamoa ichidagilar ushbu kelishuvdan bexabar. "RMC Sport" nashri xabariga ko‘ra, bu mavzu hamon mavhumligicha qolmoqda. Futbolchining qolishi yoki ketishi hamon to‘la hal etilmagan. 

Eslatma o‘rnida, Mbappe joriy mavsum Frantsiya chempionatining 16 o‘yinida 18 ta gol urdi va eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!