
Boks bo‘yicha JCh-2019 musobaqasiga Rossiya mezbonlik qiladi (foto)
Rossiya boks bo‘yicha 2019 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. Mazkur qaror AIBAning 24 iyul kuni Moskvada o‘tkazilgan yig‘ilishida qabul qilgan.
Hozirda musobaqani o‘tkazadigan shahar nomi aniq emas. Bu Moskva va Sochi asosiy da’vogarlardan ekanligi ta’kidlangan.
Rossiya ushbu musobaqani o‘tkazish uchun kurash olib Turkiya, Ukraina, Tailand va Hindistonni ortda qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati so‘nggi marta Rossiyada (SSSR) 1989 yili tashkil qilingan. Ayollar o‘rtasidagi dunyo birinchiligini Rossiya 2005 yilda qabul qilgan. O‘shanda bellashuvlar Podolskeda bo‘lib o‘tgan.
Fikrlar