Bokschilarimiz JCh oldidan Ekaterinburgdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishmoqda

  • 28.08.2019 14:02
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, 8 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishadi. Yurtdoshlarimiz musobaqada sovrinli o‘rinlar uchun eng asosiy da’vogarlardan biri hisoblanishadi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi musobaqada munosib ishtirok etish maqsadida, jahon chempionatiga tayyorgarlikning eng so‘nggi bosqichini aynan JCh o‘tkaziladigan Ekaterinburg shahrida tashkil etdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida nafaqat jahon chempionatida ishtirok etuvchi bokschilarimiz, balki terma jamoamizdagi 2-3 raqamli charm qo‘lqop ustalari ham qatnashishmoqda. 

Qayd etish lozimki, hozirda Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoa murabbiylaridan tashqari bokschilarimizning shaxsiy murabbiylari ham Ekaterinburgda bo‘lib turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!