Bokschilarimiz Kaspiyskdagi turnirda o‘z ishtiroklarini boshlashdi
Kecha Dog‘iston Respublikasining Kaspiysk shahrida boks bo‘yicha Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga bag‘ishlangan 21-Xalqaro musobaqa start oldi. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Dastlabki kun janglarida faqatgina -64 kg vaznli bokschimiz Boburmirzo Tolibov mezbon bokschiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qolgan sportchilarimiz turnirni g‘alaba bilan boshlashdi.
-56 kg: Olim Husanbaev - Gaurav Solanki (Hindiston)
-64 kg: Jahongir Rasulov - Stavros Xadjigeorgiadis (Gretsiya)
-64 kg: Boburmirzo Tolibov - Islam Medjidov (Rossiya)
-75 kg: Akmurad Gaffarov - Zuber Yakubov (Rossiya)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Togurbek Pazziev (Turkmaniston)
-81 kg: Shohruxbek Rustamov - Vladimir Mironchikov (Rossiya)

Fikrlar