Bokschilarimiz "Prezident kubogi"da 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

  • 19.07.2019 23:01
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Unda 6 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi (Mirzahalilov jang o‘tkazmadi) va afsuski, hech bir sportchimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. 

-52 vaznli Foziljon Abdumurodov yarim finalda mezbonlar vakili Saken Bibosinovga, Fazliddin Meliboev (-69 kg) Ablayxan Jusupovga, -75 kg vaznli bokschimiz Rajabboy Atanazarov  Tursunbay Qulaxmetga, 75 kg vazn toifasidagi yana bir bokschimiz Odiljon Aslanov esa yarim finalda rossiyalik Vadim Tukovga, Akmalbek Qosimov (-81 kg) qozog‘istonlik  Erik Aljanovga, mazkur vazndagi yana bir hamyurtimiz Kozim Mardonov esa yarim finalda mezbonlar vakili Bekzat Nurdauletovga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berdi.

-57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan  Mirazizbek Mirzahalilovga terma jamoamiz bosh murabbiylari dam olish imkonini berishga qaror qilishdi. Qayd etish lozimki, Miraziz bu yil hisobidan ko‘plab janglarda ishtirok etdi. Hususan, "Prezident kubogi" turnirida ham ikkita qiyin jang o‘tkazdi. Shu sababli Mirzahalilov yarim finalda Ilyas Suleymanovga qarshi jangda ishtirok etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!