Braziliya Anchelotti bo‘yicha hech kim kutmagan qarorni e’lon qildi

  • 06.07.2026 12:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya futbol konfederatsiyasi ijroiya direktori Rodrigo Kaetano terma jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining kelajagi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Braziliya Jahon chempionati 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.

- Biz uchun eng asosiy vazifa – murabbiy bilan butun tsiklni xotirjam o'tkazish. U o'z ishini 2030 yildagi jahon chempionatigacha davom ettiradi. Shu bois shoshilmasdan, bosqichma-bosqich olga yurish va navbatdagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish kerak.

Hozir biz sodir bo'lgan voqeadan chiqib ketishga harakat qilyapmiz. Hamma juda ranjigandek, hafsalasi pir bo'lgan – futbolchilar ham, xodimlar ham, murabbiylar shtabi ham.

Biroq shu bilan birga, birga o'tkazgan vaqtni, ayniqsa shu 38 kunlik davrni kamsitib bo'lmaydi. Bu vaqt ichida futbolchilarning qay darajada fidoyi va professional ekanini hammamiz, shu jumladan sizlar ham ko'rish imkoniga ega bo'ldingiz. 

Jamoa musobaqa davomida o'yinini yaxshilab bordi, deb o'ylayman. Norvegiyaga qarshi bahsda ham jamoa yaxshi futbol namoyish etdi.

Musobaqadan chiqib ketish og'ir qabul qilinmoqda, chunki biz keyingi bosqichga chiqish uchun barcha imkoniyatlarga ega edik. Bizning asosiy maqsadimiz finalgacha yetib borish edi, – deya ta'kidladi Kaetano.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!