Brununi to‘pponchadan otib qo‘yishdi

  • 11 noyabr, 2020, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sporting”ning yoshlar jamoasi futbolchisi Brunu Tavaresh o‘qotar quroldan yaralangan holda, kasalxonada operatsiya qilindi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, 18 yoshli futbolchi do‘stlari bilan mashinada o‘tirgan. Ulardan biri hazil tariqasida o‘qlangan to‘pponchani o‘qtaldi. To‘pponcha otilib ketdi va o‘q futbolchining ko‘krak qismiga tegdi.

Yaradorga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgani natijasida uning hayoti saqlab qolindi. Ayni paytda politsiya mazkur voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. “Sporting” rahbariyati esa o‘zining hayotini xavf ostiga qo‘ygan futbolchisini jarima tortmoqchi.

Tavareshning “Sporting” bilan shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. U asosiy tarkibga kirish uchun kurashayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!