"Bu erda faqat futbolni o‘ylaysiz, yaxshi shartnoma bo‘lsa qolaman" - Osiyodan qiziqishlar bo‘layotgan legionerimizni O‘zbekistonga qaytarishmoqchimi?

  • 24 may, 2023, 23:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yili Qatar chempionatiga ko‘chib o‘tib, faoliyatida ilk bor legioner maqomida o‘ynay boshlagan yarim himoyachi Baxtiyor Qosimov o‘tgan vaqt mobaynida ancha shakllandi va tajriba jihatidan ham o‘sdi.

Tecno

Legionerimizning jamoasi bilan tuzgan shartnomasi tugayapti. Shu bois Sports.uz jurnalisti Qosimov bilan suhbatlashdi.

- “Al-Xor” bilan tuzilgan shartnomangiz may oyida tugashi kerak edi. Ayni chog‘da klubdagi taqdiringiz nima bo‘lyapti?

- “Al-Xor” jamoam bilan pley-off o‘yinida yutqazib qo‘ydik. Oqibatda yulduzlar ligasiga chiqa olmay qoldik. Buning juda ko‘p sabablari bo‘ldi. Murabbiylarning almashishi, futbolchilarning jarohati...Mavsum oxiriga kelib yo‘llanmani qo‘ldan boy berdik. Mening klub bilan shartnomam 31 may kuni tugaydi. Hozirda chempionat ham yakunlangan va bizda ta’til e’lon qilingan. Shartnomamni uzaytirish yoki uzaytirmasligim ta’tildan qaytganimdan keyin aniq bo‘ladi. Hozircha aniq javob bera olmayman.

qosimov

- “Al-Xor”ning Qatar yulduzlar ligasiga chiqa olmagani baribir u erdagi rejangizga ta’sir ko‘rsatsa kerak-a?

- Jamoamiz yulduzlar ligasiga yo‘l olganida men uchun yangi sahifa ochilardi. O‘ylaymanki, hozircha buni ahamiyati yo‘q. Klub rahbarlari meni hurmat qiladi va yoqtirishadi. Yangi shartnoma berishiga qarab qolish-qolmasligim aniq bo‘ladi.

- Ayni paytda xizmatingizga qaysi klublardan takliflar bo‘lyapti?

- Nomini aytmaymanu, O‘zbekiston chempionatidagi 3-4 ta klublardan takliflar bor. Qatarni o‘zidan ham variantlar bo‘lyapti. Transfer oynasi ochilganidan so‘ng ko‘p narsaga oydinlik kiritiladi. Agentim bilan maslahatlashib bir qarorga kelamiz. Tailand, Dubay, Quvayt, Saudiya Arabistonidan ham qiziqishlar bo‘lyapti. Lekin hali hech biriga tayinli javob aytganimiz yo‘q.

qosimov1

- O‘zingizga qolsa, ko‘proq qaysi chempionatda to‘p surishni istayapsiz?

- Vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, Qatarni o‘zidan yaxshi taklif bo‘lsa, shu erda qolish niyatim bor. Agar Qatardan ko‘ra boshqa joydan, masalan O‘zbekistondan yaxshi taklif bo‘lsa, o‘zimizga ham qaytib o‘ynayveraman, shartnoma yaxshi bo‘lsa bo‘ldi. Men xohlayotgan shartnoma Qatardan bo‘lsa qolaman, bo‘lmasa boshqa mamlakatga ketaman.

qosimov4

- Qatardagi faoliyatingiz mobaynida sizga eng yoqqan va yoqmagan jihatlari nimada bo‘ldi?

- Qatardagi faoliyatim davomida menga yoqqani – bu professionallik. Hamma narsa professional. Oylik maoshlardan uzilish degan narsa bo‘lmaydi. Bu erda faqat futbolni o‘ylaysiz, ortiqcha narsalarni o‘ylamaysiz. Klubni sizga bo‘lgan e’tibori, talabi hammasi yuqori darajada. U erda mayda detallargacha professional darajada yondashishadi. Qatarda menga yoqmagan jihati murabbiy tez almasharkan. Masalan, jamoamizda mavsum boshidan buyon uchta murabbiy o‘zgardi. 14 ta o‘yinga 3 ta murabbiy kelib-ketdi. Bu erda bir-ikkita uchrashuvda yutqazsangiz darhol murabbiyni o‘zgartirib yuborisharkan. Legionerlarni ham har 5-6 oyda o‘zgartirishadi. Shu tomonlari yoqmadi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!