Bu futbolchi hali katta yulduzlarga “dam” beradi!

  • 5 yanvar, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning bir necha grand klublari “Borussiya”da o‘ynayotgan Jud Bellingem va “Vest Xem” etakchisi Deklak Raysni o‘z safida ko‘rishni orzu qiladi.

Tecno

Biroq, Angliya terma jamoasining bu yarim himoyachilarini olish uchun da’vogar klublar 100 million evro atrofidagi mablag‘dan voz kechishi talab qilinadi.

“Chelsi” skautlar kelajakda bu yulduzlar o‘rnini bosishga qodir boshqa futbolchi topdi. Mutaxassislar “Yuventus”ning 21 yoshli yarim himoyachisi Nikolo Fajolining salohiyatini juda yuqori baholamoqda.

Fajoli “Pyachentsa”, “Kreoneze” va “Yuventus”ning yoshlar jamoalarida to‘p tepgan. Turinliklar Nikoloni 2021 yilda asosiy tarkibga o‘tkazdi.

Iste’dodli o‘yinchi qisqa fursatda Italiya milliy terma jamoasida o‘ynaydigan darajaga etdi va mamlakatning bosh jamoasidan taklif oldi.

“Aristokratlar” yangi yulduz uchun 50 million evrogacha xarajat qilishga tayyor ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!