Bu futbolchi huddi Messidek o‘ynaydi va narxi 250 million evroga teng!
“Bavariya”ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus joriy mavsumdan e’tiboran jamoaning yangi etakchisiga aylangan 19 yoshli Jamol Musialani maqtadi.
Bundesliga doirasida “Shalke-04”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv iste’dodli o‘yinchi uchun myunxenliklar tarkibidagi 100-bahs bo‘ldi va Jamol buni ikkita golli uzatma bilan nishonladi.
- Bu joduga o‘xshaydi, Musiala xuddi Messidek o‘ynamoqda. Gollivudning o‘zginasi. Jamol mutlaqo “Bavariya”da qolishi kerak va har doim maydonda bo‘lishi shart. Men uni 250 million evroga baholayman. Nima bo‘lgan taqdirda ham bu futbolchini qo‘ldan chiqarmaslik kerak, - dedi Lotar Mateus.
Joriy mavsumda Jamol Musiala barcha turnirlarda 21 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol va sakkizta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar