
Bu ish amalga oshsa, Husanov “Manchester Yunayted” yulduzi bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi
“Manchester Yunayted” markaziy himoyachisi Rafael Varan mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etishi rasman e’lon qilindi.
Tajribali futbolchi ishsiz qolmasligi tayin. Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, frantsiyalik himoyachi oldida hozirning o‘zida to‘rtta variant paydo bo‘ldi.
Varangan Saudiya Arabistoni grandlari – “An-Nasr” va “Al-Ittihod” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Rafaelda AQSh chempionatidan ham takliflar bor.
Ekspertlar Varan qadrdon klubi “Lans”ga qaytishi ehtimoli yuqori ekanini ta’kidloqda. Agar u o‘zini tarbiyalagan jamoaga qaytsa, “Lans”dagi legionerimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibga kirish uchun mashg‘ur yulduz bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Chunki har ikki o‘yinchining asosiy pozitsiyasi himoya markaziy hisoblanadi.
Varandan farqli ravishda Abduqodir Husanov tayanch zonada ham muvaffaqiyatli o‘ynay oladi.
Rafael Varan 2011 yili “Lans”ni tark etganidan keyin o‘n yil “Real” safida o‘ynagan va ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar