Bu ketishda Xoland Angliyaning eng katta rekordini uradi

  • 20.01.2025 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi va “Nyukasl” sobiq hujumchisi Alan Shirer “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolind klub bilan to‘qqiz yarim yillik shartnoma tuzganiga munosabat bildirdi.

- Agar Xoland “shaharliklar” safida uzoq yillar o‘ynaydigan bo‘lsa, mening rekordimni bemalol yangilashi mumkin. Chunki qachondir shu sodir bo‘lishi kerak. Rekordim yangilanishiga aminman, - dedi Alan Shirer.

Ma’lumki, Shirer Angliya Premer-ligasi tarixida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi sifatida rekord o‘rnatgan. Tajribali forvard milliy chempionatda jami 260 ta to‘p kiritgan.

Hozirgacha, Shirerning natijasiga biror futbolchi yaqinlasha olgani yo‘q.

2022 yilning yozida “Manchester Siti” transfer qilingan 24 yoshli Xoland Angliya Premer-ligasida 87 ta uchrashuvda 79 ta gol urgan. Boshqa musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda norvegiyalik futbolchi “shaharliklar” uchun 126 ta bellashuvda 111 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!