Bu klubga aynan Ronaldu kerak!
"Arsenal"ning sobiq hujumchisi Pol Mersonning fikricha, "Chelsi" "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olish uchun kurashga qo‘shilishi kerak.
"Chelsi"ga jahon darajasidagi markaziy hujumchi kerak. Bunday futbolchisiz ular Premer ligada uchinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmaydi. Menimcha, Krishtianu Ronaldu ularga katta yordam bera oladi. Londonliklarga jamoaning hujumkor harakatlarini yakunlash uchun aynan shunday futbolchi zarur”, - deya Mersonning so‘zlarini keltiradi “The Mirror”.
Avvalroq portugaliyalik futbolchi “Old Trafford”ni tark etish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. Bunga klubning EChLda ishtirok eta olmasligi va “qizil iblislar”ning transfer bozoridagi harakatlaridan norozi ekanligi sabab bo‘lgan.
Ronalduning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Avvalroq, hujumchiga "Bavariya", "Barselona", "Roma" va "Napoli" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar