
Bu o‘yinchi bizni yangi bosqichga olib chiqadi!
“Chelsi” va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Meyson Maunt “Manchester Siti” hujumchisi Rahim Sterlingni “aristokratlar” safiga qo‘shilganiga munosabat bildirdi.
Rahim zo‘r o‘yinchi. Angliya terma jamoasida u bilan birga o‘ynayotganimdan beri undan ko‘p narsa o‘rgandim. Uning kelishi jamoamizni yangi bosqichga ko‘taradi.
U doimo yuksak marralarga va g‘alabalarga intiladigan o‘yinchi va bizga aynan shunday ijrochi kerak edi. Rahim jamoamizni tanlaganidan xursandmiz.
Biz bir necha etakchi o‘yinchilardan ayrildik. Endi Sterling jamoani o‘z ortidan ergashtiradi. Birgalikda sovrinlar yutishimizga ishonamiz, - dedi Meyson Maunt.
Fikrlar