Bugun 34 yoshga to‘lgan Artyom Filiposyan "Bunyodkor" mashg‘ulotlariga qo‘shiladi

  • 06.01.2022 07:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tajribali himoyachi Artyom Filiposyan bugun 34 yoshni qarshi olmoqda. E’tiborli jihati shundaki, aynan bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan futbolchi “Bunyodkor” jamoasining mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.

Chunki u ayni paytda biror klub bilan kelishuvga erishgani yo‘q. Oldinroq “Buxoro”dan taklif bo‘lgani to‘g‘risida xabar bergandik. Tailand chempionatidan qaytib kelganidan beri hozircha oldidagi takliflarni ko‘rib chiqyapti. “Bunyodkor” murabbiylari esa futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va shu sababli uni klubga taklif qilishdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!