
Bugun Sanjar Tursunov va Elnur Abduraimov jang qiladi
26 fevral kuni Rossiyaning Moskva shahrida "Shamo Boxing" promouterlik kompaniyasi tomonidan boks kechasi tashkil qilinadi. Unda bir qator hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazishini ma’lum qilgan edik.
Jumladan, Mirzakamol Ne’matov (3-0, 1 KO) mezbon Marat Xuzeevga qarshi jang qilsa, Bahromjon Fozilov tojikistonlik Nozimjon Tojiev bilan to‘qnash keladi. Elnur Abduraimov (6-0, 6 KO) ham ushbu jang kechasida ringga ko‘tariladi.
Abduraimov yana bir hamyurtimiz Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida tavallud topgan Sherzodjon Abdurazzoqov (1-1-0) bilan jang qiladigan bo‘lgan. Shuningdek, Sanjar Tursunov (1-0, 1 KO) ham ushbu jang kechasida ringga ko‘tariladi. U Belarus vakili Yuriy Byxovtsev (10-21-3, 5 KO) bilan bahs yuritadi.
Fikrlar