Bugun shaxmat bo‘yicha nufuzli "Tata Steel Chess 2026" turnirining so‘ngi 13-tur bahslari o‘tkaziladi
Bugun shaxmat bo‘yicha nufuzli "Tata Steel Chess 2026" turnirining so‘ngi 13-tur bahslari o‘tkaziladi
Quvonarlisi, hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov hamda Javohir Sindarov g‘oliblik kurash olib borishmoqda. Nodirbek 8 ochko bilan birinchi o‘rinda, Javohir esa 7.5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etib turibdi.
Hal qiluvchi yakuniy turda Abdusattorov Arjun Erigaisiga qarshi, Javohir filippinlik Tai Dai Van Nguenga qarshi dona suradi. Mazkur uchrashuvlarda har ikki shaxmatchimiz qora donalarda harakat qiladi.
Nodirbek yangi chempionga aylanishga juda yaqin, sababi, hindistonlik raqibi so‘ngi o‘yinlarda juda ko‘p noaniq yurishlarni amalga oshirmoqda. Agar bugungi uchrashuvda ham bu an’ana davom etadigan bo‘lsa, Abdusattorov uni ayab o‘tirmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi uchrashuvlarda Nodirbek durang o‘ynab, Javohir g‘alaba qozongudek bo‘lsa, ko‘p ehtimol ikki shaxmatchimiz o‘rtasidagi chempionlik uchun taybrek o‘yinlari guvohiga aylanamiz. Bunga asosiy sabab, yurtdoshlarimiz o‘rtasidagi partiya durang natija bilan yakuniga yetgani.
O‘yinlar Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.

Fikrlar