Bugun Shomurodov o‘ynaydi!

  • 17 iyul, 2021, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Jenoa” yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichini Avstriyaning  Noyshtift-im-Shtubaytal shahrida davom ettirayotganidan xabaringiz bor. Davide Ballardini shogirdlari ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Murabbiylar shtabi ayni paytda 27 nafar futbolchi bilan jismoniy, texnik-taktik va ruhiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

216957141_4754341081243441_9144165043925295518_n (1)

Bugun genuyalik futbolchilar uzoq tanaffusdan keyin ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.

Birinchi raqib havaskor darajadagi “Shtubay” futbol klubi bo‘ladi. Eldor Shomurodov va uning jamoadoshlari bugungi o‘yin oldidan mashg‘ulotlarda asosan to‘p bilan ishlagani xabar qilinmoqda.

Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 24 iyulgacha davom etadi. “Jenoa” ikkinchi bahsni 21 iyul kun o‘tkazadi. Shu kuni Shomurodov jamoasi Avstriya chempionati vakili “Vakker Insbruk” futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.

Ta’kidlash joizki, bu ikki bahs sinov-nazorat uchrashuvi maqomida bo‘ladi. Keyingi ikki bellashuv esa xalqaro o‘rtoqlik bellashuvi sifatida ancha jiddiy tus oladi. Raqiblar ham shunga yarasha kuchli.

“Jenoa” Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlashi bilan Frantsiyaga yo‘l olishi rejalashtirilgan. 24 iyul kuni Davide Ballardini shogirdlari Frantsiyaning Orlean shahridagi “Stade Omnisport de la Source” stadionida PSJ bilan kuch sinashadi.

215578346_4753328431344706_4326712355944109733_n

“Jenoa” klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, PSJga qarshi bo‘ladigan bahs klub uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Parij superklubi 1970 yilda tashkil etilganidan buyon ichki chempionatlarda jami 42 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.Xalqaro maydonda esa Evropa kubok egalari kubogi turnirida g‘olib chiqqan.

Tarkibida Neymar, Kilian Mbappe, Anxel Di Mariya, Mauro Ikardi, Yulian Draksler, Marko Verratti, Keylor Navas, Markinos kabi mashhur futbolchilar bo‘lgan klub yozgi transferlar arafasida Evropa chempioni Janluiji Donnarumma, “Real” afsonasiga aylangan Serxio Ramos, “Liverpul” g‘alabalari bunyodkori Jorjino Veynaldum, “Inter” bilan Italiya chempioni bo‘lgan Ashraf Hakimini o‘z safiga qo‘shib oldi. Parijliklar yana bir necha supertransferlarni ko‘zlamoqda.

Bundan tashqari, “Jenoa” iyul oyining oxirgi kunida Bundesliga vakili “Maynts-05” jamoasi bilan kuch sinashishi kelishib olingan.

Davide Ballardini qo‘l ostidagi “Jenoa” o‘tgan mavsumni o‘zi uchun muvaffaqiyatli o‘tkazganini ta’kidlash joiz. Chempionatning birinchi yarmida A Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun kurashgan va asosan quyi pog‘onalarda yurgan genuyaliklar, keyinchalik etarlicha ochko jamg‘arib, musobaqani 11-pog‘onada yakunladi.

Yangi mavsumda “Jenoa” futbolchilarini qiyin start kutib turibdi. Genuyaliklar birinchi tur uchrashuvini amaldagi chempion – “Inter” maydonida o‘tkazadi. Bu bahs 22 avgustga belgilangan.  Eldor Shomurodov 29 avgustga belgilangan ikkinchi turda o‘z uyida o‘ynaydi va sovrinli o‘rinlar uchun da’vogarlik qiladigan “Napoli”ni qabul qiladi.

214908871_4754404094570473_1772186047333619736_n

Chempionat o‘yinlarida Eldor Shomurodov va uning jamoadoshlariga muvaffaqiyat tilaymiz!

Zarbasi zo‘rlar yoxud ularning hech biri “Paxtakor” futbolchisidek to‘rni teshib qo‘yolmagan!

Shomurodov Mbappe va Neymarga qarshi o‘ynaydi yoxud “Jenoa” lageridan yangiliklar

Shomurodov transferini muhokama qila boshlashdi!

“Jenoa”: Bu hujumchi o‘zimizda qolishi kerak!

Shomurodov qaysi top-klubga o‘tmoqchiligini aytdi!

Hamma ham Shomurodov bo‘lolmaydi!

Shomurodov “Shtutgart”ga o‘tmagani sababi ma’lum bo‘ldi

“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

“Jenoa” Shomurodovga Ukrainadan raqobatchi olib kelmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!