Shomurodov Mbappe va Neymarga qarshi o‘ynaydi yoxud “Jenoa” lageridan yangiliklar

  • 16 iyul, 2021, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Sports.uz sayti Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Jenoa” klubi faoliyatiga doir qiziqarli yangilik, xabar va ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga havola qilishda davom etadi. Marhamat yangiliklar bilan tanishing.

“Jenoa” yulduzli PSJga qarshi saf tortadi

“Jenoa” rasmiy sayti mavsumga tayyorgarlik jarayonida PSJ bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi haqida xabar tarqatmoqda. 24 iyulga belgilangan ushbu bahs Frantsiyaning Orlean shahridagi “Stade Omnisport de la Source” stadionida tashkil etiladi.

Ayni paytda “Jenoa” futbolchilari Avstriyaning Noyshtift-im-Shtubaytal shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda va mashg‘ulotlardan tashqari 17 va 21 iyul kunlari ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kilian Mbappe va Neymar kabi yulduzlar to‘p tepayotgan PSJ Frantsiyaning eng sovrindor klublaridan hisoblanadi, - deb ma’lumot bermoqda “Jenoa” matbuot xizmati. 1970 yilda tuzilgan klub futbolchilari milliy miqyosda 42 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Parijliklar 9 karra mamlakat chempioni, 14 bor Frantsiya kubogi sohibi, 9 karra Liga kubogi va 10 bor Superkubok g‘olibi bo‘lgan. Xalqaro maydondagi yagona yutug‘i 1996 yilda UEFA Kubok egalari kubogidagi bosh sovrin hisoblanadi.

210714_GENOA_PSG.1

Eldorga yana bir raqobatchi keladi

“Jenoa”ning eng kuchli chizig‘i shubhasiz hujumdir. Davide Ballardini esa raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida yangi hujumchilarni taklif etmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, “Kalyari”ning 23 yoshli kolumbiyalik futbolchisi Damir Seter faoliyatini Genuya klubida davom ettiradi.

Seter “grifonlar” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan va yangi klubi bilan rasmiy shartnomaga imzo chekishi qoldi xolos.

2018 yilda Italiyaga kelgan kolumbiyalik futbolchi “Kalyari” safida A Seriyada oltita uchrashuvda qatnashganidan keyin quyi ligalardagi “Olbiya”, “Kevo” va “Peskara” kabi klublarda ijara asosida to‘p surgan.

Jismonan baquvvat bo‘lgan Seter endi A Seriyada o‘zini ko‘rsatish uchun katta tajriba to‘plagani aytilmoqda.

63735195527986

“Jenoa”ni jiddiy sinov kutmoqda

A Seriyaning yangi mavsumi jadvali e’lon qilinganidan xabar bergan edik. “Jenoa” bosh murabbiyi Davide Ballardini bo‘lajak raqiblar jiddiy ekanini alohida ta’kidladi.

- Chempionat starti biz uchun juda og‘ir bo‘ladi, lekin bu yaxshilikka. Biz eng yaxshi sifatlarimizni ko‘rsatishimiz kerak. Albatta, biz dastlabki turlarda to‘qnash keladigan raqiblardan kuchli emasmiz. Lekin eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilishimiz kerak. Ketma-ket ikki uchrashuvni chempionatda g‘oliblikka da’vogar bo‘lgan “Inter” va “Napoli”ga qarshi o‘tkazamiz. Biz tayyor bo‘lishimiz shart, - dedi Ballardini.

Shomurodov-Genoa-2021.956x538

“Jenoa”ga Evropa chempioni keldi

Genuya klubi “Torino” bilan shartnomasini bekor qilgan Italiya terma jamoasi darvozaboni Salvatore Sirigu bilan shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqatilmoqda. Manbalarning xabar berishicha, “Jenoa” 34 yoshli golkiper bilan 2022 yilning yozigacha shartnoma tuzgan. Klubda kelishuvni avtomatik tarzda bir yilga uzaytirish huquqi bor.  

1741420692_0_161_3071_1888_1920x0_80_0_0_d900bfcce88508677adbcb4fe024c2b5

“Jenoa”: Bir darvozabon ortiqcha!

Yangi mavsumda “Jenoa” darvozasini katta ehtimol bilan Mattia Perin qo‘riqlaydi. Safga Italiya terma jamoasi safida Evropa chempioni bo‘lgan Salvatore Sirigu qo‘shilishi oydinlashdi. O‘z vaqtida termada o‘ynagan Feleriko Marketti zaxira darvozaboni bo‘lishga rozilik berdi.

Yana bir posbon Alberto Paleari esa Genuyadan ketishi kerak. Xabarlarga qaraganda, bu darvozabonga “Benevento” qiziqish bildirmoqda. “Jenoa” uni ijaraga jo‘natishga tayyor.

ErrqiJHW4AAJFCX-1024x683

Shomurodov transferini muhokama qila boshlashdi!

“Jenoa”: Bu hujumchi o‘zimizda qolishi kerak!

Shomurodov qaysi top-klubga o‘tmoqchiligini aytdi!

Hamma ham Shomurodov bo‘lolmaydi!

Shomurodov “Shtutgart”ga o‘tmagani sababi ma’lum bo‘ldi

“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

“Jenoa” Shomurodovga Ukrainadan raqobatchi olib kelmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
cr7 lm10 $$ss
16/07/2021 14:23
Yaxshi õyin bõladi