Bunaqa futbolchi Gvardiolaga kerak emas

  • 05.08.2020 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati venesuelalik yarim himoyachi Yanxel Errerani “Valensiya”ga sotib yuboradigan bo‘ldi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola bu futbolchiga asosiy tarkibdan joy bermaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar transfer bo‘yicha muzokaralarni yakunlagan va ispaniyaliklar 22 yoshli tayanch yarim himoyachi uchun 9 million evro to‘laydi.

“Manchester Siti” safiga 2017 yilda qo‘shilgan  Errera yakunlangan mavsumni La Ligada “Granada” jamoasida ijarada o‘tkazdi. U jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va usta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!