“Bavariya” bilan gaplashganim yo‘q!

  • 27.08.2022 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” hujumchisi Kay Xaverts o‘ziga “Bavariya”dan bo‘lgan qiziqish va uning atrofidagi gaplarga izoh berdi.

Avvalroq, Bundesliga chempioni jamoani tark etgan Robert Levandovski o‘rniga Xavertsni olmoqchi bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

- Men bu yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rdim. Bu borada biror narsa deyolmayman. Chunki hech narsa bo‘lgani yo‘q. Men “Bavariya” bilan transfer borasida umuman gaplashmaganman, - dedi Kay Xaverts.

Xaverts ikki yil muqaddam “Bayer”dan “Chelsi”ga transfer qilingan edi. Debyut mavsumida germaniyalik futbolchi “Chelsi” safida Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazilgan finalda g‘alaba to‘pini aynan Xaverts urgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!