"Bunyodkor" 1-turda "So‘g‘diyona"ni o‘z maydonida qabul qila olmaydi, balki...

  • 2 mart, 2022, 21:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliga 1-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” bahsi 3 mart, payshanba kuni “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Tecno

Ma’lumki, shu yilning iyun oyida O‘zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi va mazkur musobaqaning hal qiluvchi o‘yinlari aynan “Bunyodkor” stadionida tashkillashtirilishi rejalashtirilgan. Stadion maysasiga mas’ul mutaxassislarning o‘rganish natijalariga ko‘ra, maydon maysasi hali uchrashuvlarni to‘liq qabul qilishga tayyor emas va hozir o‘yin o‘tkazilishi chimga ziyon etkazishi mumkin.

Shuni inobatga olgan holda “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” uchrashuvi “Lokomotiv” stadionida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!