“Bunyodkor” futbolchisi legionerga aylandi (Foto)
“Bunyodkor” klubi yarim himoyachisi Sanjar Rixsiboev faoliyatini Tojikistonda davom ettiradigan bo‘ldi.
Hamyurtimiz Tojikistonning “Xo‘jand” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi ijara asosida Tojikiston klubiga o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, Sanjar Rixsiboev “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida «So‘g‘diyona», «Obod», AGMK va «Bunëdkor» jamoalari sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Sanjar Rixsiboev «Xo‘jand» jamoasiga ko‘chib o‘tgan o‘zbekistonlik 4-futbolchiga aylandi. Oldinroq Andrey Sidorov, Ma’mur Ikromov, Siroj Hamroev kabi futbolchilar ham ushbu jamoa safiga kelib qo‘shilgandi.

Fikrlar