"Bunyodkor" klubi Iordaniya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 8 yanvar, 2017, 21:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi BAA yig‘ini doirasida oltita nazorat uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan edi.

Tecno

«Qaldirg‘ochlar»ning BAAdagi ilk o‘rtoqlik o‘yini “Al Shaab”ga qarshi o‘tkazildi. Unda Sergey Lushchan shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yinda «Bunyodkor»ning birinchi golini Vadim Chemirtan urgan bo‘lsa, ikkinchi golni Shaxzodbek Nurmatov o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Shuningdek, «Bunyodkor» klubi Iordaniya terma jamoasi bilan ham kuch sinashadi. Bu bahs 20 yanvar kuni Dubaydagi “The Sevens” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Bundan tashqari, Sergey Lushchan jamoasi 2017 yilgi Afrika Millatlar Kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Gana terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Qolaversa, «qaldirg‘ochlar» Saudiya Arabistonining “Al Faysaliy” hamda Xitoy Super ligasi vakili “Xenan Jiane” jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yin o‘tkazish borasida kelishib olgan.

15 yanvar kuni esa Bunyodkor klubi Shotlandiya Premershipi ishtirokchisi, “Aberdin” klubi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

"Bunyodkor” klubining BAAdagi yig‘ini doirasidagi o‘rtoqlik o‘yinlari:

10 yanvar. “Bunyodkor” – Gana milliy terma jamoasi

11 yanvar. “Bunyodkor” – “Xenan Jiane” (Xitoy)

13 yanvar. “Bunyodkor” – “Al-Faysaliy” (Saudiya Arabistoni)

15 yanvar. “Bunyodkor” – “Aberdin” (Shotlandiya)

20 yanvar. “Bunyodkor” – Iordaniya milliy terma jamoasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!