"Bunyodkor" ko‘rigidagi rossiyalik futbolchiga jamoadagi nima ma’qul keldi?

  • 21.07.2019 15:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bunyodkor»ning Minskdagi yig‘inida jamoaga kelib qo‘shilgan, ayni vaqtda ko‘rikda bo‘lib turgan rossiyalik yarim himoyachi Dmitriy Ostrovskiy ikkita o‘yinning ikkinchi bo‘limida harakat qilishga ulgurdi. Ahamiyatlisi, «Dnyapro»ga qarshi bahsda mezbonlar darvozasiga urilgan har ikkala golga mualliflik qildi. Klub matbuot xizmati ushbu futbolchining fikrlarini taqdim etdi.

- Aytishim kerak, «Bunyodkor» ajoyib murabbiylar shtabiga ega professional ekan. Tarkibdagi futbolchilar ancha yosh bo‘lishiga qaramasdan to‘p nazorat qilishga asoslangan futbol o‘ynar ekan, bu menga juda ma’qul bo‘ldi. Chunki maydonda shunchaki yugurib yurgandan to‘pni nazorat qilib, paslarga asoslangan futbol o‘ynash yoqimliroq. Umumiy ma’noda jamoa menda iliq taassurot qoldirdi. «Bunyodkor» o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadigan klub hisoblanadi.

Kecha va bugun o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarining ikkinchi bo‘limida maydonga tushishga ulgurdim. Kecha biroz hayajon bo‘lgan edi, sababi, garchi birinchi bo‘limda jamoa o‘yinini kuzatgan bo‘lsamda, maydonga tushganimdan keyin sheriklarimni kerakli jihatlarini bilib olishim uchun vaqt kerak bo‘ldi. Kecha raqibga umuman imkoniyat qoldirmagandik, bugungi bahs biroz qiyin kechdi. Boisi, raqib jismoniy tarafdan ancha kuchli, qolaversa, tarkibida jismonan baquvvat futbolchilar yig‘ilgan. Shunday bo‘lsa-da, bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. O‘z o‘yinimizni ko‘rsata oldik, mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildik, afsuski, bir yo‘la ikkita penaltini golga aylantira olmadik.

Jamoadagi ichki muhit a’lo darajada, barcha yigitlar quvnoq kayfiyatda yurar ekan. Hali barcha jamoadoshlarim bilan to‘liq tanishib ulgurmadim, ammo kimni yaqindan tanigan bo‘lsam, u meni yaxshi qabul qildi, iliq munosabatda bo‘lyapti, - dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!