"Bunyodkor" Saudiya Arabistoni klubiga qarshi maydonga tushadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek, Toshkentning “Bunyodkor” klubi ilk xorijiy yig‘inini o‘tkazish uchun BAAga yo‘l olgan edi. 15 kun davom etadigan mavsum oldi tayyorgarlik doirasida qaldirg‘ochlar xorijiy jamoalar bilan bir nechta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

2017 yilgi Osiyo Chempionlar ligasini “pley-off” bosqichiga mukammal tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, Bunyodkor jamoasi bir vaqtlar Ser Aleks Fergusson boshqarib borgan Shotlandiyaning “Aberdin” jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib borishi oydinlashgan edi.

Arab futbol nashrlarining xabar berishlaricha, Saudiya Arabistonining “Al Faysaliy” klubi ham dastlabki xorijiy yig‘inini BAAda olib boradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, saudiyaliklar mamlakatimiz vitse-chempioni “Bunyodkor” jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishib olgan. Shuningdek, “Al Faysaliy” klubi Xitoy Super Ligasi ishtirokchisi “Xenan Jyane” klubi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!