"Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuviga oid ma’lumotlar

  • 14.06.2019 16:24
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 11-turida "Paxtakor" Buxoroda "Buxoro" mehmoni bo‘ladi. Ushbu o‘yin oldidan "Paxtakor" klubi matbuot xizmati ma’lumotlarni taqdim etdi.

"Buxoro" yuqori ligada eng ko‘p o‘ynagan jamoalardan biri sanaladi. Shu sababli "sherlar" mazkur klubga qarshi chempionatlar doirasida 54 bor maydonga tushishgan. Ularning 38 tasida toshkentliklar zafar quchib, 9 tasida durang o‘ynagan. 7 bellashuvda buxoroliklarning qo‘li baland kelgan. "Paxtakor" "Buxoro" darvozasini 117 bor ishg‘ol qilib, 38 gol o‘tkazib yuborgan.

Buxorodagi 27 bellashuvda "Paxtakor" 14 g‘alaba, 7 durang va 7 mag‘lubiyatni qayd etgan. Eng yirik g‘alaba 2005 yil kuzatilgan. O‘shanda "sherlar" raqib ustidan 8:0 hisobida g‘alabaga erishishgan. O‘tgan mavsum ikkinchi bosqichida poytaxtliklar mezbonlarni 6:2 hisobida dog‘da qoldirgan.

"Buxoro" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyun, yakshanba kuni "Buxoro" stadionida 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!