Buxoro viloyati boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi

  • 13.09.2021 11:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yurtimizda boks sport turiga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Shuningdek, mazkur sport turida yoshlarimiz ham xalqaro arenalarda katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Yaqinda Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida vakillarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagani buning yaqqol misoli.

Endilikda, 10-17 oktyabr kunlari 2004-2005 yillarda tug‘ilgan yosh bokschilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada Buxoro shahri mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!