Buxoroda 70 ming dollarlik musobaqa bo‘lib o‘tadi

  • 23.02.2026 15:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan "WOMEN’S CHESS CHAMPIONSHIP" IV xalqaro turniri oʻtkaziladi. Turnir ayollar shaxmatini rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda 2026 yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilmoqda.

Musobaqa 9–15 mart kunlari Buxoro shahrida boʻlib oʻtadi va 3 guruhda oʻtkaziladi.

"Masters" — 10 nafar ishtirokchidan iborat boʻlib, 2450 va undan yuqori reytingga ega boʻlgan 7 nafar xorijlik shaxmatchi va 3 nafar oʻzbekistonlik tanlangan shaxmatchilar!

Ishtirokchilar roʻyxati bilan tanishing!  (https://s3.chess-results.com/tnr1353387.aspx?lan=11&art=0&flag=30&SNode=S0)

"Challengers" — ochiq musobaqa boʻlib, FIDE reytinggi 1800 va undan yuqori boʻlgan va musobaqa badalini toʻlagan barcha shaxmatchilar

"Futures" — FIDE reytinggi 0-1899 gacha boʻlgan va musobaqa badalini toʻlagan barcha shaxmatchilar

Format esa "Masters"da — aylantma tizim, 9 turdan iborat boʻlib, "Challengers va Futures" — shveytsarcha tizim, 9 tur.

Vaqt nazorati esa 60 daqiqa + har yurishga 30 soniya qoʻshimcha - 30-yurishgacha durangga kelishish mumkin emas.

Umumiy mukofot jamgʻarmasi — 70 000 AQSh dollari

"Masters" guruhi 

1-oʻrin — 8 000 dollar
2-oʻrin — 6 000 dollar
3-oʻrin — 5 000 dollar

"Challengers" guruhi:

1-oʻrin — 5 000 dollar
2-oʻrin — 4 000 dollar
3-oʻrin — 3 000 dollar

"Futures" guruhi:

1-oʻrin — 2 000 dollar
2-oʻrin — 1 500 dollar
3-oʻrin — 1 000 dollar

Shuningdek, yosh toifalari uchun alohida mukofotlar ham mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!