
Chalxanoglu nega aynan "Inter"ga o‘tdi?
Turkiyalik yarim himoyachi Xakan Chalxanoglu nega "Milan"dan "Inter"ga o‘tganini izohladi.
“Inter”dek katta klub futbolchisiga aylanganimdan juda xursandman. Bu men uchun jiddiy sinov. "Inter"ning katta maqsadlari borligini yaxshi ko‘raman. Men Italiyada nimadir yutishni xohlayman. Agar astoydil harakat qilsam, asosiy tarkibdan joy olishimga aminman”, - dedi Chalxanoglu.
27 yoshli Xakan “neradzurrilar” safiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shildi. Boisi uning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi yakunlangan edi.
Chalxanoglu “Inter” bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar