
"Chelsi" 19 yoshli himoyachini transfer qilishga yaqin
Ushbu yozgi transferlar oynasida "Chelsi" futbolchisi Mark Kukurelya jamoani tark etishi mumkin. Ispaniyalik fulbekka Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan "An-Nasr" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu sababli, London klubi, o‘z safiga "Ayaks"ning 19 yoshli himoyachisi Yorriel Xatoni qo‘shib olmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, "aristokratlar" niderlandiyalik himoyachi uchun 40 million evro to‘lashga tayyor. Xatoning o‘zi ham APLda to‘p tepmoqchi va London grandi bilan og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan. Futbolchining Amsterdam klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Yakuniga etgan mavsumda Xato 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar