"Chelsi" bosh murabbiy lavozimiga yana bir nomzodni ko‘rib chiqmoqda

  • 3 iyun, 2019, 18:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning «Chelsi» klubi tez orada «Yuventus»ga ketishi kutilayotgan Mauritsio Sarri o‘rniga munosib murabbiy qidirishni boshlab yubordi.

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” bu boradagi short-listidan «Uotford» ustozi Xaver Grasiya ham joy olgan. 49 yoshli mutaxassisning so‘nggi 1,5 yil ichida «Uotford» bilan erishgan natijalari «Chelsi» rahbariyatining e’tiborini tortgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq londonliklar «Derbi Kaunti»ni boshqarayotgan sobiq futbolchisi Frenk Lempard nomzodini ham ko‘rib chiqishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” yakunlangan mavsum APLda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi, Evropa ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!